Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uy-joy kodeksi yangilanadi

08.10.2020

Rus tilida oʻqish

Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Qonun loyihasini qabul qilish zarurati amaldagi Uy-joy kodeksi sobiq SSSRning qonunchiligi asosida ishlab chiqilganligi, 1998 yil 24 dekabrda

qabul qilinganligi va uning normalari hozirgi zamon talablariga toʻliq javob bermasligi bilan izohlanadi.

 

Loyihada kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi kengaytirilmoqda. Unda amal qilish cherarasi aniq belgilanmoqda, fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan masalalar (jumladan, turar joyga boʻlgan mulk huquqi, uning vujudga kelish tartibi, uy-joy ijarasi, turar joyni ijaraga berish haqi, turar joyni almashtirish va ayirboshlashga oid qoidalar) chiqarilmoqda.

 

Loyiha oʻzida koʻp sonli qonunosti normativ hujjatlarini birlashtiradi. Xususan, ilgari  uylarni rekonstruksiya qilish, jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan uy-joydan foydalanish normativlarini belgilash, uy-joy egalarining huquq va majburiyatlarini qayta koʻrib chiqish va boshqa masalalar  toʻliq qamrab olinmagan edi.

 

 

Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga quyidagilar kiritildi:

  • uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj fuqarolarning huquqlarini himoya qilish jihatlari;
  • turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish tartibi;
  • bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish tartibi;
  • koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar va yakka tartibdagi turar joylar orasida yoki ularga yondosh qurilgan noturar joylarda amalga oshirilishi taqiqlangan faoliyat turlari roʻyхati;
  • meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida turar joy qurish, mulk huquqi yoki foydalanish huquqi asosida yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalarida turar joy qurish asoslari va tartibi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.