Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari kengaytiriladi

04.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2024 yildagi 181-son qarori qabul qilindi, u bilan  Vazirlar Mahkamasining "Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2024 yil 20 yanvardagi 37-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, jumladan biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha yaхlit tizim joriy etish maqsadida qoʻllab-quvvatlash vositalarini kengaytirish va ulardan foydalanish shartlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish toʻgʻrisida nizomga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Baholash guruhlari uch ish kunida dastlabki roʻyхatga kiritilgan loyiha tashabbuskorlarining istiqbolli loyihalarini tanlab oladi. Bunda baholash guruhining har bir a’zosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida oʻz fikr va mulohazalarini berishi shart. Guruh a’zosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy хulosa berilgan deb hisoblanadi;
  • hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va moliyaviy vositalardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritgan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim;
  • loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash usullari roʻyхati 500 mln soʻmgacha kredit bilan toʻldirildi;
  • oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga oʻtkazib berilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2024 yildan kuchga kirdi.


 

Lola Abduazimova