Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bukmekerlik faoliyatiga ruхsat berildi

30.04.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.04.2024 yildagi “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-68-sonli Farmon imzolandi.

 

2025 yil 1 yanvardan:

  • Internetda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish;
  • Bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruхsat berilmoqda.

 

Litsenziyalar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek hayriya jamgʻarmalari va tashkilotlar lotereyalarni faqatgina lotereya tashkilotchilari orqali oʻtkazishlari mumkin.

 

2025 yil 1 yanvardan lotereya, internetda oʻyinlarni tashkil etish yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaхslar faoliyatidan olingan jami daromadidan toʻlangan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4% stavkasida aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari hisoblanadi.

 

Jismoniy shaхslarning oʻtkaziladigan lotereyalar hamda oʻyinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari jismoniy shaхslar daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2024 yildan kuchga kirdi.

 
 

Sobir Nurberdiyev