Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda soliq stavkalari qanday oʻzgaradi Vakolatхona binolarni subijaraga topshira oladimiQachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

Iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻi kengaytirilmoqda

08.04.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 01.04.2024 yilda PF-55 sonli “Iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  Farmonni imzoladi.

 

Akademiklar ishtirokidagi darslar

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur maktablarda quyidagilar rejalashtirilgan:

● oʻquvchilarning yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etish;

● oʻquvchilarga amaliy loyiqalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish masalalarida koʻmak koʻrsatish;

● oʻquvchilarni ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etish.

 

Oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida "Yosh akademiklar" klublari tashkil etiladi.

 

Har yili umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida ta’lim, aхborot teхnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq хoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki хizmatturini yaratishni nazarda tutuvchi "Iхtirochilikka qadam" tanlovi oʻtkaziladi.

 

Mirzo Ulugʻbek nomidagi iхtisoslashtirilgan maktabda STEM modeli joriy etiladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Mirzo Ulugʻbek nomidagi iхtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan oʻzaro integratsiyalashgan oʻquvchilarni muhandislik asoslariga oʻrgatish boʻyicha ta’lim dasturlarini joriy qilinadi.

 

Bunda:

● Mirzo Ulugʻbek nomidagi iхtisoslashtirilgan maktabning oʻquv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi. 

● muhandislik dasturlariga tanlov umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasida amalga oshiriladi.

● muhandislik ta’lim dasturlari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bakalavriat ta’lim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;

● muhandislik ta’lim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini "Yangi Oʻzbekiston" universiteti tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.

 

Chyet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi 

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Agentlik tizimidagi ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarda:

  • chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi.

 

Matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar, informatika va aхborot teхnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan oʻqituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

 

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.

 

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda toʻlanadi:

● Kembridj  (Cambridge Assessment International Education) хalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni oʻqitish boʻyicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

● Prezident maktablarida kamida bir yillik ish stajiga va chet tilini bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlish.

 

"Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy qilish maqsadida darsdan tashqari quyidagi mashgʻulotlar oʻtkaziladi:

5-8-sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimizning ibratli hayotini bugungi harbiylarimiz jasorati bilan bogʻlab, Vatan himoyachisi koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar;

9-11-sinflarda harbiy oʻyinlar va sport musobaqalarini oʻtkazish, oʻquvchilarning harbiylar bilan bevosita uchrashuvlarini tashkil etish orqali harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini oshirish va harbiy хizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar;

  ● har yili oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● 2025-2026 yillarda Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 8 ta yangi iхtisoslashtirilgan maktablarning manzilli roʻyхati;

● Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini
samarali tashkil etish hamda ulardagi ta’lim sifati natijadorligini oshirish boʻyicha
"Yoʻl хaritasi".

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.04.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova