Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi qanday oʻtkaziladi

13.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 9.10.2020 yildagi “Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi konsepsiyasi va inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini oʻtkazish reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”  641-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmonini ijro etish doirasida ishlab chiqilgan.

 

2020 yildan boshlab doimiy asosda tashkiliy jihatdan yuqori saviyada har ikki yilda yilning oktyabr-noyabr oylarida Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

 

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek Samarqand viloyati hokimligi forumning tashkilotchilari boʻladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi konsepsiyasi. Hujjat forumning maqsadi va vazifalarini, tashkil etish va oʻtkazish masalalarini, dasturni ishlab chiqish, ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish tartibini nazarda tutadi.
  • Samarqand forumini oʻtkazish reglamenti. U tashkiliy qoʻmita ishining batafsil qoidalarini belgilaydi, forumning ishtirokchilarining roʻyхati va unda ishtirok etish shakllarini oʻz ichiga olgan.
  • forumni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi.

 

Quyidagilar Samarqand forumining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashish;
  • Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlari va tashabbuslarini muhokama qilish, mamlakatning хalqaro obroʻ-e’tiborini mustahkamlash;
  • хalqaro hamjamiyatning inson huquqlariga rioya etilishida sa’y-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar huquqlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.