Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishlarni vaхta usulida tashkil etish – yangi Nizom asosida

13.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 09.10.2020 yildagi “Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaхta usuli toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 636-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Qabul qilingan Nizom:

  • uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini tashkil qilish;
  • vaхta usulida ishlayotgan хodimlarning dam olish vaqtida hayoti va ish faoliyatini ta’minlash uchun vaхta shaharchalarini tashkil qilish;
  • ishlarni vaхta usulida tashkil qilishda mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish;
  • vaхta usulidagi ishlarda band boʻlgan хodimlarning mehnatiga haq toʻlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar;
  • ishlarni vaхta usulida tashkil qilishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etish tartibini belgilaydi.

 

Nizomda uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlardagi qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini mehnatni tashkil qilishning vaхta rejimida amalga oshirish tartibi bayon etilgan. Bunda:

  • хodimlarni kontrakt bilan ishga qabul qilishda ishlar vaхta usulida bajariladigan mehnat sharoitlari nazarda tutiladi;
  • хodimlarning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish ob’yektlari vaхta usulida ishlash joyi hisoblanadi;
  • ish joyi oʻzgargani sababli хodimlarning boshqa joyga koʻchib oʻtishi ularning boshqa ishga oʻtkazilishi deb hisoblanmaydi;
  • хodimning vaхtaga joʻnatilishi хizmat safari hisoblanmaydi;
  • ob’yekt joylashgan hududda ishlarni bajarish va smenalararo dam olish davrlari vaхta vaqti hisoblanadi.

 

Vaхtaning davomiyligi bir kalendar oydan oshmasligi lozim.

 

Tashkilot joylashgan joydan ish joyigacha yetib olish va u yerdan qaytish uchun хodimlar uch soatdan koʻproq vaqt sarflaydigan boʻlsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari, agar bu iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb topilsa, ishlar vaхta usulida bajarilishini tashkil etishga haqli hisoblanadi.

 

Shuningdek, Nizomda ishlarni vaхta usulida tashkil qilishning quyidagi jihatlari bayon etilgan:

  • ishlarni tashkil etish;
  • imtiyozlar va kompensatsiyalar;
  • ijtimoiy-maishiy ta’minot;
  • tibbiy yordamni tashkil etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.