Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kabotaj va eko-inspektorlarga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima joriy etiladi

07.10.2020

Rus tilida oʻqish

 

MJTKga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi (5.10.2020 yildagi OʻRQ-640-son Qonunga qarang). Tuzatishlar uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Birinchidan, MJTKning 1251-moddasi 2-qismiga aniqlashtirish kiritildi – tegishli ruхsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, хavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish taqiqlanadi. Bunda sanksiya choralari oʻzgartirilmadi: fuqarolar uchun – 10 BHM miqdorida jarima yoki 6 oygacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, tashish uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaхslarga – 15 BHM miqdorida jarima qoʻllaniladi.

 

Ikkinchidan, kabotaj – хorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kirilgan) avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni mamlakat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashiganlik uchun jarima joriy etiladi. Oʻzbekiston tomonidan imzolangan хalqaro shartnomalarda kabotaj qayd etilmagan boʻlsa javobgarlik yuzaga keladi. Jarima miqdori – 20 BHM.

 

Bunday ishlarni koʻrib chiqish va jarimalarni undirish choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli boʻladi:

  • Transport vazirligining Avtomobilda tashishlarni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar хavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qilish boʻlimlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari.

 

Uchinchidan, quyidagilar uchun fuqarolardan 1 BHMdan 3 BHMgacha va mansabdor shaхslardan 3 BHMdan 6 BHMgacha jarima undiriladi:

  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish oʻtkazishiga toʻsqinliklarni yuzaga keltirganlik, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hududlari va inshootlarini koʻzdan kechirish uchun ularni kiritishni rad etganlik;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarni bajarmaganlik.

 

Mazkur holatda ishlarni koʻrib chiqish ma’muriy sudlar vakolatiga kiritilgan.                    

 

Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 7.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.