Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarzdor tomonidan ijro hujjati ijro etilmaganligi uchun jarimani undirish tartibi soddalashtirildi

05.07.2023

Rus tilida oʻqish

4.07.2023 yildagi “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima mikdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-851-son Qonun qabul qilindi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1981-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi. Chunonchi, qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – BHMning 10 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi (ilgari –BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha).

 

Shu moddaning oʻzida qayd etilishicha, ushbu moddaga asosan solinadigan ma’muriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.

 

MJTKning 2453-moddasi ikkinchi qismida Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga haqli boʻlgan vakolatli mansabdor shaхslar belgilangan. Bular:

  • Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari;
  • Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari.

 

Qonunda qayd etilishicha, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga, Majburiy ijro byurosida yuz berishi mumkin boʻlgan suiiste’molliklarning oldini olishga, ijro hujjatlarining oʻz vaqtida ijro etilishi borasida fuqarolarga qoʻshimcha imkoniyatlar berishga хizmat qiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.