Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligi yerlari ijaraga qanday beriladi

30.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.04.2024 yildagi “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 223-son qarori qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: 2024 yil 1 martdan boshlab qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etilgan.


Hujjat bilan boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlanmoqda.

 

Auksion toʻgʻrisidagi ma’lumot “Ye-auksion” platformasida 15, qayta auksion haqida esa – 5 kalendar kun oldin e’lon qilinadi.

 

Elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba gʻolib boʻlgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Taklif etilgan eng yuqori ijaraga olish qiymatining dastlabki 15% miqdori 10 ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi tomonidan toʻlangandan soʻng bir ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo natijalari toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma asosida 10 ish kuni ichida shartnoma imzolanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2024 yildan kuchga kiradi.

 
 

Sobir Nurberdiyev