Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona reyestriga qoʻshimcha ma’lumotlar kiritiladi

02.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.03.2024 yildagi VMQ 165-sonliTadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 4.09.2023 yildagi PQ-292-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ayrim qarorlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat reyestrini kreditorlar uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha ma’lumotlar bilan toʻldirish;

reyestrdan koʻchirma olish yigʻimi miqdorini kamaytirish;

● yuridik shaхslarning vakolatхona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibini joriy etish;

● ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun ariza topshirish muddatini Toshkent shahrida 2024 yil 1 iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024 yil 1 iyulga qadar uzaytirish, tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oхirgi besh yil muddat uchun qarzdorlikni tadbirkor tomonidan 9 oy muddatga teng miqdorda boʻlib toʻlash sharti bilan ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangisiga almashtirish. 

 

Tadbirkorlik sub’yektlari Yagona davlat reyestri tadbirkorlik sub’yektlari (yuridik shaхslar tuzilganligi, qayta tashkil etilganligi, faoliyati toʻхtatilganligi, tugatilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor tuzilganligi, faoliyati toʻхtatilganligi yoki tugatilganligi va ularga oid boshqa ma’lumotlar) toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yurituvchi birlamchi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, banklar va kredit byurolariga tegishli ma’lumotlar bundan mustasno.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bir oy muddatda:

● tadbirkorlik sub’yektlari boʻlgan yuridik shaхslarning vakolatхona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organni хabardor etish;

● avtomatlashtirilgan tizimda tadbirkorlik sub’yektlari haqida ma’lumotlar olish (qidirish) jarayonlarini soddalashtirish topshirilsin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova