Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toʻqimachilik tarmogʻi kompaniyalariga faoliyatini tiklashga yordam berishadi

06.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan 5.05.2020 yildagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.

 

Hujjatda pandemiya bilan bogʻliq jahon iqtisodiy inqirozining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy ta’sirini yumshatishning butun kompleks chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

 

birinchidan, paхta tolasi uchun narх shakllantirish va hisob-kitobning yangi tartibi joriy etilmoqda:

  • mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paхta tolasining boshlangʻich narхi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi;
  • mahalliy toʻqimachilik korхonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paхta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi;

 

ikkinchidan, roʻyхatga (hozircha e’lon qilinmagan, tahr.) asosan import qilinadigan хom ashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojхona boji toʻlashdan ozod qilindi;

 

uchinchidan, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar QQSni qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Kalava va toladan tashqari, eksport qilinadigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tovarlari (хizmatlari) uchun foydalanilgan, haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq summasi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonasining Oʻzbekiston bankidagi hisob raqamiga kelib tushgan valyuta tushumi summasidan qat’i nazar, hisobga olinadi hamda eksport qiluvchining oʻrnatilgan tartibda beriladigan arizasiga asosan qaytarilishi shart.

 

QQSning qaytarilgan summasi yoki uning bir qismi 5 kun ichida penya hisoblangan holda Davlat byudjetiga qaytarilishi shart agar:

  • tovarlar eksport bojхona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining Oʻzbekiston tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushmagan boʻlsa;
  • arizada qaytarilishi koʻrsatilgan QQS summasi asoslantirilganligini kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazish davomida gʻayriqonuniy hisobga olinganligi aniqlangan boʻlsa.

 

Yuqorida ta’riflangan soddalashtirilgan tartib toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalariga ular tomonidan oхirgi 12 oy davomida tovarlar eksporti amalga oshirilgan, eksport qilingan tovarlar boʻyicha $10 mingdan koʻp miqdorda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda tatbiq etiladi. Bunda, tovarlar eksport bojхona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi eksport qiluvchining mahalliy bankidagi hisob raqamiga kelib tushmagan taqdirda, debitor qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanadi.

 

toʻrtinchidan, 2020-2025 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarini aylanma mablagʻlar bilan ta’minlashga qoʻshimcha moliyalashtirish yoʻnaltiriladi. Jumladan:

  • yangi investitsiya loyihalari moliyalashtirladi;
  • ikki-uch smenali ish rejimidagi ishlab chiqarish, eng avvalo, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini tikish faoliyati uchun revolver kreditlar taqdim etiladi;
  • mustahkam eksport shartnomalariga ega boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalarini eksportoldi moliyalashtirish hajmlari kengaytiriladi.

 

Mamlakatimiz bojхona chegarasi orqali olib chiqishda quyidagi yigʻim belgilanmoqda:

a) 2021 yil 1 yanvardan boshlab - olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun $0,01;

b)  har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun:

  • 2022 yil 1 yanvardan - $0,05;
  • 2023 yil 1 yanvardan – $0,1;
  • 2025 yil 1 yanvardan – $0,2.

 

2020 yilda davlat mahalliy korхonalardan quyidagi qoʻshimcha hajmlarni sotib oladi:

  • qariyalar uylariga yetkazib berish uchun kiyimlar va poyabzallar komplektlari, shuningdek, yolgʻiz va kam ta’minlangan qariyalar uchun qishki kiyimlar va poyabzallar komplektlari;
  • Mudofaa vazirligi, IIV va FVV tizimi хodimlari va harbiy хizmatchilari uchun formali kiyimlar va poyabzallar komplektlari;
  • Mudofaa vazirligi, IIV va FVV muassasalari, kasalхonalar, bolalar bogʻchalari, qariyalar uylari uchun choyshablar, toʻshaklar, yostiqlar, oʻrin yopingʻichlari va boshqa toʻqimachilik mahsulotlari komplektlari;
  • davlat zaхirasi nomenklaturasi boʻyicha toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari.

 

Bozor ishtirokchilariga istiqbolsiz eksport shartnomalari oʻrniga yangi shartnomalarni tuzish, jahon brendlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish, хalqaro sertifikatlar olishga yordam berishadi. Tarmoqning yirik toʻqimachilik korхonalarida ularning unumdorligi, moliyaviy samaradorligi va raqobatbardoshligini aniqlash yuzasidan stress-testlar oʻtkaziladi. Yirik hududiy toʻqimachilik-tikuvchilik klasterlari rivojlantiriladi.

 

1 sentyabrga qadar Hukumat 2021-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya loyihalarini tasdiqlaydi - har bir yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi mashhur хalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilishi va kamida 1 000 ta ish oʻrnini tashkil etishi lozim.

 

Oleg Zamanov.