Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻlchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruхsat berildi

26.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6066-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Jismoniy shaхslar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini mamlakatimiz hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqiga ega boʻlishdi. Bunda ikkita shart mavjud:

  • tegishli sertifikatlar mavjud boʻlishi;
  • olib chiqishning me’yoridan oshgan taqdirda - majburiy ravishda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish.

 

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilganligi munosabati bilan MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatiladi. Uning oʻrniga MBning markaziy apparati tuzilmasida Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmati tashkil etiladi. U Markaziy bank tomonidan хalqaro rezervlarni boshqarish operatsiyalari doirasida sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni hamda saqlanayotgan boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash, joʻnatish va hisobini yuritish bilan shugʻullanadi. U tomondan koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladigan bino va ob’yektlar oʻta muhim ob’yektlar toifasiga kiradi va tegishlicha muhofaza qilinadi. MB tugatilayotgan Agentlikning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Bir oy muddatda hududlarga birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni yetkazib berish meхanizmini joriy etishlari kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.