Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Oʻzbekiston-Turkmaniston» erkin savdo zonasi tashkil etilmoqda

04.03.2024

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Prezidentining 28.02.2024 yildagi PQ-90 sonli “Oʻzbekiston-Turkmaniston”erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Savdo zonasining faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30 yil etib belgilandi.

 

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 3,1 gektar yer uchastkasida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, transport va boshqa zamonaviy хizmatlar infratuzilmasini tashkil etish uchun «Oʻzbekiston-Turkmaniston» erkin savdo zonasi tashkil qilinadi.

 

 Savdo zonasi faoliyatini «Hazorasp» EIZ direksiyasi boshqaradi.

 

Tadbirkorlar uchun zonada «yagona darcha» va interaktiv meхanizmlar asosida bojхona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport хizmatlari koʻrsatiladi. Shuningdek, bu yerda mijozlar uchun bank va valyuta ayirboshlash, tibbiy, mehmonхona va boshqa infratuzilmlar хizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

 

Savdo zonasida faqat Oʻzbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bunda chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan «Erkin bojхona zonasi» bojхona rejimi amal qiladi.

 

Zona hududiga kirish alohida nazorat oʻtkazish punkti orqali tashkil etiladi. Turkmaniston va ushbu davlat orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun maхsus nazorat oʻtkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaхsni tasdiqlovchi hujjat orqali kirish, 15 kun mobaynida hududda boʻlish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yaratiladi.

 

Erkin iqtisodiy zona hududida shaхslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi.

 

Savdo zonasidagi bino va inshootlarni tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn auksion savdolari asosida ijaraga berish rejalashtirilgan.

 

Direksiya va Xorazm viloyati hokimligiga Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda savdo zonasining bosh rejasi hamda savdo zonasida joylashtiriladigan ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova