Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

28.11.2016

Loyiha

 

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 

 

 

 

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan _________________

 

 

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-son Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 y., № 1, 1-modda; 2009 y., № 12, 471-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin: 

 

1) 3-modda quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

 

toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar - davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalariga joylashtirilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar”;

 

2) 27-modda:

 

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

 

toʻrtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

 

3) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:

 

“271-modda. Toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar
                            huquqlarining kafolatlari

 

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalariga joylashtirilgan kundan boshlab toʻliq davlat ta’minotida boʻladilar.


Toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalarga ta’lim berish, ularni turar joy, oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa jihozlar bilan ta’minlash Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalarga ular ta’lim muassasalarini bitirayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa jihozlar sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda nafaqa toʻlanadi”.

 

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 2 yanvarda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-364-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 y., № 1, 1-modda) 22- moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

 

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

 

“vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaхslar”;

 

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

 

“Shaхsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.

 

3-modda. Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi

             Prezidenti