Ichki ishlar vazirligi eski namunadagi pasportlarni biometrik pasportlarga almashtirish muddati 2018 yilning 1 iyuliga qadar etib belgilanganini eslatib oʻtadi.
Biometrik pasportga ega boʻlmagan fuqarolar yangi hujjatni olish uchun doimiy propiska qilingan joydagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etishlari kerak.
Joylardagi biometrik ma’lumotlarni yigʻish punktlariga mustaqil ravishda tashrif buyura olmaydigan fuqarolar mobil stansiyalar хizmatidan foydalanishlari mumkin.
Pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashash amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.