Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

2024 yilda soliqlar, yigʻimlar va aksizlarda nimalar oʻzgardi

08.01.2024

Norma mutaхassislari ijtimoiy va yer soligʻi, suv va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va boshqalarning oʻzgarishi boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.
Norma mutaхassislari ijtimoiy va yer soligʻi, suv va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun
soliqlar va boshqalarning oʻzgarishi boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.

Qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalari boʻyicha foydali qazilmalarning ayrim turlariga 2023 yilda amalda boʻlgan stavkalar oʻrtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.

2023 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun amalda boʻlgan soliq stavkalari 12 – 30% ga indeksatsiya qilingan.

2023 yilda amalda boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkalari oʻrtacha 12%ga indeksatsiya qilindi. Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga moʻljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.

28.12.2023 yildagi OʻRQ-891-son Qonuni aksiz soligʻi stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz soligʻini joriy qildi.

Avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish huquqi uchun yangi yigʻim joriy etildi, utilizatsiya yigʻimini qoʻllash doirasi kengaydi, kirish va tranzit uchun toʻlovni toʻlash qulaylashtirildi

Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar va talabalar (ba’zi хizmatlardan olingan daromadlardan) 2024 yilgacha JShDS toʻlamagan. 28.12.2023 yildagi OʻRQ-891-son Qonuni ularni yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan soliq solishda deyarli tenglashtirdi.

«Ish haqi» soliqlarining asosiy elementlari – soliq stavkalari, soliqlarni hisoblash va toʻlash tartibi, shu jumladan ShJBPHga 0,1% oʻtkazish, toʻlov muddatlari va hisob-kitoblarni taqdim etish – 2024 yilda oʻzgarmadi. Ammo oʻzgarishlar ham bor. Bu haqda batafsil Norma mutaхassislari tayyorlagan sharhda tanishishingiz mumkin.

2024 yilda yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlarda nimalar oʻzgardi
Qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalari boʻyicha foydali qazilmalarning ayrim turlariga 2023 yilda amalda boʻlgan stavkalar oʻrtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.
2024 yilda suv soligʻida nimalar oʻzgardi
2023 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun amalda boʻlgan soliq stavkalari 12 – 30% ga indeksatsiya qilingan.
2024 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgardi
2023 yilda amalda boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkalari oʻrtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.
Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga moʻljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.
2024 yilda aksiz soligʻidagi oʻzgarishlar
28.12.2023 yildagi OʻRQ-891-son Qonuni aksiz soligʻi stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz soligʻini joriy qildi.
2024 yilda yigʻimlar toʻlovida nimalar oʻzgaradi
Avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish huquqi uchun yangi yigʻim joriy etildi, utilizatsiya yigʻimini qoʻllash doirasi kengaydi, kirish va tranzit uchun toʻlovni toʻlash qulaylashtirildi
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar va talabalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida soliq toʻlaydi

Oʻzini oʻzi  band qilgan shaхslar va talabalar (ba’zi хizmatlardan olingan daromadlardan) 2024 yilgacha JShDS toʻlamagan. 28.12.2023 yildagi OʻRQ-891-son Qonuni ularni yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan soliq solishda deyarli tenglashtirdi. 

2024 yilda JShDS va ijtimoiy soliqni qanday toʻlaymiz