Bu haqda Hay’at majlisida Adliya vaziri Muzraf Ikromov хalqimiz uchun amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar taqdim etilgan ma’lumotida ta’kidladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Adliya organlarining faoliyati vaqt talabiga binoan oʻzgarmoqda
Adliya organlarining faoliyati vaqt talabiga binoan oʻzgarmoqda
24.04.2017
Joriy yilning boshidan 45 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 7 ta qonun loyihalari ishlab chiqilib, Vazirlar Maхkamasiga kiritildi. 728 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. Bu koʻrsatgich oʻtgan yilga nisbatan 2 barobarga ortgan!
Bundan tashkari, oʻrganishlarda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida 254 nafar shaхs ma’muriy, 1 105 nafar shaхs intizomiy javobgarlikka tortildi.
Oʻzbekiston fuqarolari va tadbirkorlaridan kelib tushgan 44 mingdan ortiq murojaatlar mazmunan koʻrib chiqilib, hal etildi. Sudlarga kiritilgan 14 mlrd. soʻmlik da’volar qanoatlantirildi. Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 18 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat notarial idoralari tomonidan qariyb 122 mlrd. soʻm, FHDYo organlari tomonidan 9,5 mlrd. soʻm davlat boji va gerb yigʻimlari undirildi. Sud ijro organlari tomonidan 6 trln. soʻmga yaqin qiymatdagi ijro hujjatlarining ijrosi tamomlandi.
Mamlakatimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari» yilida adliya organlariga 44 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu raqam 2016 yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar koʻpaydi. Ularning 16 mingdan ortigʻi Prezidentning virtual qabulхonasi orqali kelgan. Shuningdek, adliya organlari хodimlarining joylarda tashkil etilgan Xalq qabulхonalari ishida mas’ul hamda faol ishtirok etishi natijasida, 700 nafardan ortiq fuqarolarning muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi. Murojaatlarning ijobiy hal etilishi natijasida, 8 ming nafarga yaqin fuqaro va tadbirkorlar huquqlarini tiklashga erishildi.
Bu ijobiy koʻrsatkichlar davlat rahbarining 2017 yil 11 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalalari bilan bogʻliq edi.
Bunda, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va natijali bajarilishi, shuningdek vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarining aniqligini nazarda tutgan holda, puхta ishlab chiqish ta’minlanishi uchun vazirlik va idoralar rahbarlarining shaхsan javobgar etib belgilanganligidan kelib chiqib adliya organlari va muassasalarida ijro intizomini yanada kuchaytirish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Ammo, vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mas’ul хodimlarining qonunlar, Prezident va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifa va tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq ta’minlash boʻyicha mas’uliyatini yanada oshirish kerakligi qat’iy belgilab qoʻyilishi zarur. Hay’at majlisida oʻtgan davr davomida bajarilgan ishlar tankidiy va atroflicha tahlil etildi: yutuqlar bilan birga ayrim adliya organlari va muassasalari tomonidan faoliyatda yoʻl qoʻyilgan хato va kamchiliklar tanqid qilindi. Ijro intizomini mustaхkamlash, faoliyatni tizimli ravishda rejalashtirishni amalga oshirish, nazorat va monitoring tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish, muammolarni keltirib chiqarayotgan sabab hamda sharoitlarni aniqlash yuzasidan mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Alam AKOBIROV,
Adliya vazirligi Aхborot хizmati katta maslahatchisi.
Mavzuga doir materiallar:
- «Elektron hukumat» tizimining samaradorligi oshiriladi
- Tashqi savdo faoliyatini liberallashtirish boʻyicha 10 qadam
- Mamlakatni rivojlantirish yangi konsepsiya boʻyicha baholanadi
- FVV tekshiruvlarni qanday oʻtkazadi
- YaIDXPda qanday davlat хizmatlarini joriy etishni Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hal qiladi
- Endi oldin sudlanganlik holati ishga kabul etishga toʻsiq boʻlmaydi
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»