Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Fuqarolik kodeksining yangi tahririni tayyorlash ishlari olib borilmoqda (5.04.2019 yildagi F–5464-son va sharhga qarang).
Fuqarolik kodeksini takomillashtirishga oid takliflarni Adliya vazirligining quyidagi elektron pochta manzillariga yoʻllash mumkin:
Har bir taklif koʻrib chiqilib, maqbul deb topilganda yuqorida koʻrsatilgan hujjatni ishlab chiqish chogʻida foydalaniladi.
Vazirlik murojaat qilgan shaхslar bilan yozishmalar olib borish, takliflarni yoki boshqa хatlarni sharhlash, shuningdek taklif bilan murojaat qilganlarni qandaydir yoʻsinda ragʻbatlantirish majburiyatini zimmasiga olmaydi.