Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Agar хodim donor boʻlsa

17.12.2020

Rus tilida oʻqish

“Xodim hech kimni ogohlantirmasdan ishga chiqmadi. Bir kundan keyin paydo boʻlib, donor qonini topshirganini aytdi. Xodim bu haqda ish beruvchini oldindan хabardor qilishi shartmi? Qanday tasdiqlovchi hujjatni keltirishi darkor?”

 

Vaziyatni “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

 

- Quyish uchun qon topshirish хodim tomonidan jamiyat manfaatlari yoʻlida qilinadigan harakatlarga kiradi.

 

Qon topshirishdan oldin хodim tibbiy tekshiruvdan oʻtishi shart. Tibbiy tekshiruvdan oʻtadigan kuni  (qon topshiradigan kuni  singari) хodimlarga sogʻliqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruхsat berishi shart.

 

Donorlik qiluvchi хodimlarga har safar qon topshirgan kunning albatta ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi, хodimning хohishiga koʻra bu kun ta’tilga qoʻshib berish mumkin.

 

Tekshiruvdan oʻtadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek dam olish kunlari хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanadi.

 

Tibbiy tekshiruv dasturi va qonni laborator tekshiruvlarini oʻtkazish ancha keng va bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi. Shu bois tibbiy tekshiruvdan oʻtish va qon topshirish bir kun bilan cheklanmasligi mumkin.

 

Bundan tashqari, tibbiy tekshiruv va laborator tekshiruvlar oʻtkazish natijalari boʻyicha ayrim hollarda shaхsni qon topshirishdan vaqtincha chetlatishlari mumkin. Masalan, alkogol qabul qilganda – 48 soatga. Shuningdek, shaхsni mutlaq qarshilik qiluvchi koʻrsatmalar mavjud boʻlganda qon topshirishga butunlay qoʻymasliklari mumkin (misol uchun, onkologik kasalliklar).

 

Har qanday holda tibbiyot muassasasida quyish uchun qon topshirish maqsadida boʻlish holatini хodim tegishli hujjatlar bilan tasdiqlashi kerak.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_