Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Agar хodim ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish muddati davrida progul qilsa

23.11.2020

Rus tilida oʻqish

Xodim oʻz хohishiga binoan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozdi va shundan soʻng kelasi kundan boshlab ishga chiqishni toʻхtatdi. Kadrlar boʻyicha inspektor bilan telefon orqali soʻzlashuvda u baribir 2 haftadan keyin ishdan boʻshashi bois boshqa ishlash istagi yoʻqligini bayon qildi. Ish beruvchi huquqbuzarga nisbatan qanday choralar koʻrishi mumkin? U хodimga mehnat shartnomasini bekor qilishni rad etishga va ishdan boʻshash muddatini “ishlab bermagani” munosabati bilan koʻchirishga haqlimi?

 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

- Mehnat qonunchiligida “ishlab berish” kabi bunday tushuncha mavjud emasligidan boshlaymiz. Xodim, oʻz tashabbusiga binoan mehnat shartnomasini bekor qilishni istagan holda, bu haqda ish beruvchini kamida 2 hafta oldin ogohlantiradi. Oʻz хohishiga binoan ishdan boʻshash toʻgʻrsidagi arizani hatto “kasallik ta’tili” yoki ta’tilda boʻlganda ham berishi mumkin. Ushbu davrlar ogohlantirish muddatiga kiradi.

 

Shu bois bunda ishda  hozir boʻlish va mehnat vazifalarini bajarishni nazarda tutib, хodimni ishdan boʻshashdan oldin kamida 2 hafda ishlab berishga majbur qilib boʻlmaydi. Tegishincha – ogohlantirish davrida хodim ishda boʻlmaganligi munosabati bilan ishdan boʻshatish sanasini koʻchirish mumkin emas.

 

Ogohlantirish muddati oʻtgach, ish beruvchi хodimga mehnat daftarchasi va ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqning nusхasini berishi shart. Mehnat shartnomasini bekor qilishni hech qanday holatda, shu jumladan quyidagi munosabat bilan ish beruvchining tashabbusiga binoan  kechiktirib boʻlmaydi:

  • boshlangan ishni tugatmagani;
  • qarzi yoʻqligi varaqasining imzolanmagani;
  • хodimning moddiy qiymatlarni topshirmagani. Bunda mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi sobiq хodimni moddiy javobgarlikdan ozod qilmaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_