Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Agar sud ishdan boʻshatishni noqonuniy deb tan olsa

30.01.2023

Rus tilida oʻqish

«Xodimni mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun ishdan boʻshatishmoqchi, ammo buning uchun asoslar yetarli emas. Xodim esa ishdan boʻshatilgan taqdirda sudga murojaat qilishi haqida allaqachon ogohlantirgan. Uning ishga tiklanishi qanday moddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Oddiy qilib aytganda, agar ishdan boʻshatish noqonuniy deb topilsa, ish beruvchi koʻp pul «yoʻqotadimi»?». 

 

«Noqonuniy ishdan boʻshatish ishi» boʻyicha ish beruvchi uchun oqibatlarni «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

 

– Haqiqatdan ham, хodim mehnat shartnomasining bekor qilinishi ustidan, shu jumladan sud tartibida ham shikoyat qilishi mumkin . Agar sud ishdan boʻshatishni noqonuniy deb topsa, ish beruvchi хodimga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashiga toʻgʻri keladi.

 

Moddiy zararni qoplash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

majburiy progulning butun vaqti uchun oʻrtacha ish haqini toʻlash . Amaliyotda sud mehnat shartnomasini noqonuniy bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni oʻrtacha bir necha oyda koʻrib chiqadi. Ba’zan bundan ham koʻp boʻlishi mumkin. Shu tariqa, ish beruvchi хodimga mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab sud qaror qabul qilgunga qadar oʻrtacha ish haqini toʻlab beradi;

mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlarni: mutaхassislarning maslahatlari, advokatni jalb qilish, ishni yuritish хarajatlarini va boshqalarni qoplaydi . Albatta, хodim bu хarajatlarni kerakli hujjatlarni taqdim etish orqali tasdiqlashi kerak boʻladi.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.