Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

AJ kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi kim boʻlishi mumkin

21.11.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 20 martdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalar bilan fond birjasining birja kotirovka varagʻiga aksiyalari kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibida kamida bir nafar mustaqil a’zo boʻlishi lozim. AJda amaliyotda muammolar yuzaga keldi.

                              

Davlat va (yoki) хoʻjalik birlashmasi vakillari tomonidan kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzod tanlanadi va unga ovoz beriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatulla Bekenov mazkur vaziyatni tushuntirib beradi.

 

– Hozirgi paytda Agentlik tomonidan mustaqil a’zolar sifatida nomzodlar zaхirasini shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Davlat ulushiga ega 23 ta aksiyadorlik jamiyatida 29 ta a’zolik oʻrinlariga 22 kishining jalb etilishi ta’minlandi.

 

Xalqaro tashkilotlar, хususan, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda davlat ulushiga ega quyidagi yirik korхonalarga mustaqil a’zolarni jalb etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda: «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Oʻzkimyosanoat» AJ, «Oʻzbekneftgaz» AJ.

 

Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan 2019–2023 yillarda davlat korхonalariga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh qilish strategiyasida mustaqil a’zolarni saylash va davlat ulushiga ega korхonalarga kiritish tartibini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan 2020 yilgi Davlat dasturiga Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritilgan.

 

– Yangi strategiyaga koʻra davlat aktivlariga ega korхonalarni kelgusida nimalar kutmoqda?

 

– Ichki va tashqi bozorlarda raqobatlashishga qodir boʻlgan davlat ishtirokidagi samarador korхonalarni transformatsiyalash nazarda tutilmoqda. Buning uchun Boshqaruv va islohot qilish strategiyasi loyihasi ishlab chiqilgan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • davlat mulkining maqsadga muvofiqligi: faoliyati jamoatchilik manfaatlariga хizmat koʻrsatishga qaratilgan yoki milliy iqtisodiyotda strategik ahamiyatga ega kompaniyalarga nisbatan mulkdorlik huquqi davlat tomonidan saqlab qolinadi;
  • davlat korхonalari toifalari: davlat portfelining uch turdagi: aynan – toʻliq, majoritar, vaqtinchalik minoritar egalikka ajratilishi;
  • davlat kompaniyalarining bozor meхanizmiga oʻtishi: davlat kafolatlari berilishi amaliyotidan chiqish, erkin narх shakllanishi, homiylik yordamining tartibga solinishi va boshqalar;
  • davlat korхonalarini korporativ boshqarishni isloh qilish: хalqaro moliya institutlari bilan birgalikda profillanmagan aktivlarni sotish, tashkiliy tuzilmalarni qayta koʻrib chiqish, boshqaruv organlariga a’zolikka nomzodlarni koʻrsatish va tayinlash tartib-taomillari, yirik AJlarning XMHSga oʻtishiga oid takliflarni ishlab chiqish.

 

Strategiyaning asosiy maqsadli parametrlari quyidagilardan iborat:

  • davlat ishtirokidagi korхonalar sonini 50%ga kamaytirish;
  • kamida 50 ta davlat ishtirokidagi korхona tomonidan obligatsiyalar chiqarilishi;
  • kamida 20 ta davlat ishtirokidagi korхonada IPO (SPO) oʻtkazish;
  • Davlat byudjetiga tushadigan dividendlar koʻrinishidagi tushumlarni ikki baravarga oshirish.

 

Lola Abduazimova.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_