Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Asosiy mahsulotlar QQSdan ozod etildi

04.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, realizatsiyasi boʻyicha aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari Roʻyхati e’lon qilindi. Moliya vazirligi telegram-kanalida roʻyхatga havolani joylashtirdi.

 

QQSdan ozod etish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda (non-bulka mahsulotlari – shuningdek ishlab chiqarishda, tahr.) qoʻllaniladi.

 

Roʻyхatga quyidagi tovarlar kiritildi:

  • goʻsht (mol, qoʻy, tovuq goʻshti), shuningdek tirik hayvonlar (chorva mollari, parrandalar) va ularni soʻyib olingan mahsulotlar;
  • baliq;
  • kartoshka;
  • piyoz;
  • tuхum;
  • guruch (barcha navlari);
  • shakar;
  • non-bulka mahsulotlari (ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan QQSni qoʻllash tartibida oʻzgartirishlar sodir boʻldi: uni toʻlovchilar doirasi kengaytirildi, hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibi va uzoq muddatli aktivlar boʻyicha hisobga olish joriy etildi (batafsil bu yerga va bu yerga qarang).

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_