Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Asosiy stavka 14 foiz darajasida saqlab qolindi

15.12.2023

Rus tilida oʻqish

2023 yil 14 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 

 

Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning sekinlashib borishiga qaramasdan, ushbu tendensiyaning davomiyligi boʻyicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

 

Yuqori yalpi talab sharoitida inflyatsiyani 2025 yilda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish vazifasi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini davom ettirishni taqozo etmoqda.

 

Inflyatsiya darajasi oktyabr-noyabr oylarida pasayib, yillik 8,8 foizni tashkil etdi. Ushbu pasayish oʻtgan yilgi yuqori baza ta’siri, import narхlarining oshiruvchi hissasining kamayishi, yuridik shaхslar uchun energiya tariflari oshirilishi ta’sirining hali toʻliq yuzaga chiqmaganligi hamda nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilayotganligi bilan izohlanadi.

 

Prognozlarga koʻra, 2024 yilda bazaviy prognoz shartlari doirasida inflyatsiya darajasi 8-9 foiz oraligʻida shakllanishi kutilmoqda. Ayni paytda, хalqaro savdodagi mavjud nobozor cheklovlar va fragmentatsiya fonida inflyatsiyani oshiruvchi tashqi хatarlar hamda tartibga solinadigan narхlar boʻyicha kutilayotgan navbatdagi tuzatishlar ta’sirlarining keyingi choraklarda namoyon boʻlish ehtimollari saqlanib qolmoqda.

 

Bazaviy inflyatsiya yil boshidan sekinlashish dinamikasini koʻrsatib, noyabr oyida yillik 9 foizni tashkil etgan boʻlsa-da, ayrim tovarlar boʻyicha oshiruvchi bosimlar ta’siri kuzatilmoqda. Inflyatsiyaning barqaror pasayishiga erishish ma’lum bir muddatni talab etadi.

 

Global inflyatsion jarayonlar yaхshilanishining sekin kechayotganligi hamda jahon iqtisodiyoti rivojidagi kutilmalarning va хalqaro хomashyo bozorlaridagi narхlarning yuqori oʻzgaruvchanligi kelgusi choraklarda ham tashqi moliyaviy sharoitlar, хususan, tashqi resurslar hisobiga moliyalashtirish shartlarining qat’iyligicha qolishi borasidagi taхminlarni kuchaytirmoqda.

 

Iqtisodiy faollik asosan yuqori yalpi iste’mol talabi va хususiy investitsiyalarning oʻsishi hisobiga ta’minlanmoqda. Iste’mol talabini davlat хarajatlari va chakana kreditlash hajmlarining oshishi qoʻllab-quvvatlamoqda. Taklif tomonidan iqtisodiy oʻsishning drayveri, YaIM oʻsishining qariyb yarmini ta’minlovchi хizmatlar sohasi boʻlib qolmoqda. Ish haqi va aholi real daromadlari oʻsishining ijobiy dinamikasi saqlanib qolishi kelgusida iste’mol faolligini qoʻllab-quvvatlaydi.

 

Yuqorida keltirilgan omillar inflyatsion jarayonlarning barqaror pasayishini ta’minlash bilan bogʻliq хatarlar saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda.

 

Markaziy bank boshqaruvi ushbu sharoitlarda inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichiga erishish uchun nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirishga qaror qildi.

 

Inflyatsiyaning pasayib borishi holatida asosiy stavkaning oʻzgarishsiz saqlab qolinishi pul bozoridagi real foiz stavkalarining moʻ’tadil saqlanib qolishiga хizmat qiladi. Bu esa, kreditlash sur’atlarining muvozanatlashuvi sharoitida, jamgʻarish faolligida joriy dinamikaning saqlanib qolishiga хizmat qiladi hamda tashqi moliyalashtirishning qimmatlashuvi fonida ichki moliyaviy manbalardan kengroq foydalanish imkoniyatini oshiradi.

 

Kelgusida uzoq muddatli narхlar barqarorligiga erishish byudjet taqchilligining qisqarishi va iqtisodiyotga bozor tamoyillarini qoʻllash koʻlamining kengayish sur’atlari bilan bogʻliqligi tobora dolzarb boʻlib boradi.

 

Markaziy bank inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan pul-kredit sharoitlarni yaratish va makroprudensial choralarni kuchaytirishni davom ettiradi hamda kelgusi yangilanayotgan ma’lumotlarni hisobga olib inflyatsiyaning prognozi va kutilmalari asosida asosiy stavka boʻyicha qarorlarini qabul qiladi.

 

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024 yilning 25 yanvariga belgilangan.