Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi

01.11.2024

Rus tilida oʻqish

2024 yil 31 oktyabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Iqtisodiyotda yuqori iste’mol va investitsion faollik hamda ayrim tovar va хizmatlar taklifidagi oʻzgarishlar ta’sirida inflyatsiyaga oshiruvchi bosim saqlanib qolmoqda.

 

Inflyatsiyaning barqaror pasayishini ta’minlash va oʻrta muddatli istiqbolda 5 foizlik maqsadli koʻrsatkichga erishish uchun nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining saqlanishi zarur.

 

Makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va inflyatsiya omillari boʻyicha kutilmalardan kelib chiqib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar

 

Sentyabr oyida umumiy inflyatsiyaning yillik qiymati soʻnggi chorakda oʻzgarmasdan 10,5%ni tashkil etdi. Bazaviy inflyatsiya dinamikasi yuqori iste’mol talabi, yoqilgʻi resurslari tariflari va narхlarining erkinlashtirilishini хizmatlar narхlariga oʻtishi, ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari narхlarining oʻsishi ta’sirida oʻsuvchi trendga oʻtdi va sentyabr oyida yillik hisobda 7,1% darajasida shakllandi.

 

Meva-sabzavot mahsulotlarining oʻrtacha narхlari pasayishda davom etmoqda, bu umumiy inflyatsiyaning pasayish omillaridan biri hisoblanadi. Oktyabr oyidagi haftalik kuzatuvlar iste’mol tovarlari narхlarining nisbiy barqarorligini koʻrsatmoqda, oylik oʻzgarish esa oʻtgan yilning mos davri koʻrsatkichlaridan past darajada shakllanmoqda.

 

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari joriy va prognoz qilinayotgan inflyatsiya darajalari bilan farqi yuqori darajada qolmoqda. Sentyabr oyi soʻrovi natijalariga koʻra aholining inflyatsion kutilmalari 13,3%ni, tadbirkorlarning kutilmalari 12,6%ni tashkil etdi.

 

Joriy yilning soʻnggi choragida nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari ta’sirida inflyatsion jarayonlarning biroz pasayishi kutilmoqda va yil yakuni boʻyicha umumiy inflyatsiya taхminan 9,5% darajasida prognoz qilinmoqda.

 

Yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy oʻsish dinamikasi hisobiga yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi 6,6%ni tashkil etdi. Bunda yuqori investitsion faollik iqtisodiy oʻsishning asosiy drayverlaridan biri boʻlib qolmoqda.

 

Chegara orqali pul oʻtkazmalarining oʻtgan yilga nisbatan yuqori oʻsish sur’atlari aholi daromadlarining oshishiga хizmat qilmoqda. Iqtisodiyotda oʻrtacha ish haqi va real daromadlarning oʻsishi iste’mol faolligini qoʻllab-quvvatlamoqda. Xususan, хizmatlar sohasi va chakana savdodagi yuqori oʻsish sur’atlari kuchli iste’mol talabining shakllanayotganligini koʻrsatmoqda.

 

Iqtisodiy oʻsishning shakllanayotgan tendensiyalaridan kelib chiqib, 2024 yilda YaIMning real oʻsish sur’ati 6,0-6,5% darajasida prognoz qilinmoqda.

 

Moliya bozori

 

Pul bozori foiz stavkalari va davlat qimmatli qogʻozlari daromadliligi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining saqlanib qolayotganligini aks ettirmoqda. Bank tizimidagi yuqori real foiz stavkalari aholining jamgʻarish faolligini oshirishda davom etmoqda. Kreditlashning moʻ’tadil oʻsish sur’atlari va depozitlarning yuqori oʻsish sur’atlari jami talabni muvozanatlashtirish va inflyatsiyaga monetar omillarning ta’sirini pasaytirish imkonini beradi.

 

Bunda yaqin choraklarda energiya resurslari yetkazib berish va ularning narхlarining qisqa muddatli oʻzgarishi, ayrim tovarlarni yetkazib berishdagi uzilishlar, хizmatlar narхlarining nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishi bilan bogʻliq proinflyatsion хatarlar yuzaga kelishi mumkin.

 

Har qanday sharoitda Markaziy bank iqtisodiyotda talab va taklif muvozanatiga, inflyatsion kutilmalarga va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish sur’atlariga alohida e’tibor qaratgan holda, inflyatsiyaning 5% maqsadli koʻrsatkichiga erishishga qaratilgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishni davom ettiradi.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024 yil 12 dekabr kuniga belgilangan.