Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Baholash tashkilotlariga nisbatan qator talablar bekor qilindi

05.01.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Prezidentning 1.06.2018 yildagi “Baholash хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3764-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida eslatib oʻtadi (sharhga qarang).

 

Tuzatishlar Prezidentning 26.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida” PQ-4086-son qarorida nazarda tutilgan:

 

1.06.2018 yildagi PQ-3764-son qaror normasi

Normaga kiritilgan oʻzgartirishlar tavsifi 

(26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorga 33-ilovaga asosan)

Baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalarining amal qilish muddati 2019 yil 1 yanvardan tugatiladi

Ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2019 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi

baholovchi tashkilot ustav kapitali (ustav jamgʻarmasi)ning kamida 51%i mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta shtatdagi baholovchisiga tegishli boʻlishi lozim

Talab bekor qilindi

2019 yil 1 yanvardan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi boʻlishi mumkin

Talab bekor qilindi

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_