Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Biznes kamroq sudlasha boshladi

17.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil I choragida iqtisodiy sudlar tomonidan 46 mingta ish koʻrib chiqilgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 56,7%ga kamdir. Da’vogarlar foydasiga 2,3 trln soʻm undirilgan. 

 

Oliy sud matbuot хizmati quyidagi statistikani keltirdi:

 

  • 28 742 ta ish bevosita joylarda, sayyor sud majlislarida koʻrib chiqilgan;

 

  • 1 065 ta ish videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqilgan, natijada jarayon taraflarining 714,1 mln soʻm miqdoridagi mablagʻlari tejab qolingan;

 

  • 7 405 ta ish kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilishga oid boʻlib, ular foydasiga 247,6 mlrd soʻm undirib berilgan;

 

  • Oliy sud Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 144 ta shikoyat va protestlar koʻrib chiqilgan: quyi sudlarning 83 ta qarori bekor qilingan, 29 ta sud qarorlari oʻzgartirilgan.

 

Eng koʻp iqtisodiy ishlar Toshkent shahar, Qashqadaryo, Surхondaryo va Andijon viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan koʻrib, hal etilgan. Koʻrilgan ishlarning asosiy qismini kontraktatsiya, mahsulot yetkazib berish va kommunal хizmat koʻrsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha ishlar tashkil etgan.