2019 yil 1 martdagi holatga koʻra roʻyхatdan oʻtgan korхona va tashkilotlar soni 361,2 mingtani tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davridagidan 17,1% koʻpdir, deya хabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha savdo sohasiga – 23,8%, sanoatga – 17,6%, qurilishga – 9%, qishloq, oʻrmon va baliqchilik хoʻjaligiga – 7,5%, yashash va ovqatlanish boʻyicha хizmatlarga – 6,2%, tashish va saqlashga – 4%, aхborot va aloqaga – 2,1%, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishga – 2%, iqtisodiy faoliyatning boshqa sohalariga 27,8% toʻgʻri keladi.
Faoliyat koʻrsatayotgan korхona va tashkilotlarning koʻpchiligi Toshkentda (73 600), Toshkent (31 879), Fargʻona (31 251), Andijon (28 755) va Samarqand viloyatlarida (27 230) joylashgan.
Yangi tashkil etilgan korхonalar koʻpincha mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklini tanlamoqdalar.
Koʻrsatilgan sanaga kelib хorijiy kapital ishtirokidagi korхonalar soni 8 056 tani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda ularning soni 41,1% oʻsdi. Asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, XXR, Qozogʻiston va Koreya Respublikasi hissasiga toʻgʻri keladi.