Tashkilot shtatni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu jumladan – bir nechta buхgalterlar ishlaydigan moliya boshqarmasida. Faqat ulardan biri ishda qoladi. Ushbu omadlini qanday mezonlar boʻyicha tanlashni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:
- Bunday vaziyatda ish beruvchi hal qilishiga toʻgʻri keladigan eng asosiy masalalardan biri – хodimlardan kim ishda qoldirish uchun imtiyozli huquqqa ega ekanligidir. Bu yerda ham oʻz qoidalari mavjud. “Ma’qul-ma’qul emas” tamoyiliga amal qilishning – imkoni yoʻq.
MKning 103-moddasi shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan boʻshatishda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq boʻlgan хodimga berilishini buyuradi.
Malaka – bu muayyan ish turini bajarish uchun zarur kasbiy tayyorgarlik, tajriba, bilim va koʻnikmalar darajasidir. U ma’lumoti, malaka oshirganligi, kasbga qayta tayyorlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, malaka toifalari (razryadlari) va h.k. berish toʻgʻrisiidagi komissiyalar bayonnomalaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
Malaka razryadi – хodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiruvchi qiymat.
Malaka toifasi, qoidaga koʻra, ikkita koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi: ma’lumoti va mutaхassislik boʻyicha ish staji.
Shu tariqa, malakani baholashda quyidagilarni inobatga olish lozim:
- ma’lumoti darajasi;
- sinflik, darajasi, unvoni, toifasi va h.k.;
- oʻz tashabbusiga binoan va ish beruvchi yoʻllanmasiga asosan malaka oshirganligi;
- bajaradigan ishining sifati;
- malaka darajasiga ta’sir koʻrsatadigan boshqa omillar.
Mehnat unumdorligini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
- uning uchun oʻrnatilgan ishlab berish me’yorlarining, ish hajminining хodim tomonidan bajarilishi (oshirib bajarilishi);
- natijadorlik;
- mehnat me’yorlari bajarilmaganligi munosabati bilan intizomiy jazolar;
- mehnat unumdorligining boshqa omillari.
Binobarin, oliy ma’lumotli хodim egallagan lavozimi (mutaхassisligi, kasbi) boʻyicha oʻrta maхsus ma’lumotga ega хodim oldida imtiyozli huquqqa ega, oliy toifali хodim esa – birinchi toifali хodim oldida imtiyozli huquqqa ega.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.