Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Byudjet ijrosi doimo parlament a’zolarining diqqat markazida

29.05.2017

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yigʻilishlarida davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2016 yildagi va 2017 yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot deputatlar tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqilmoqda.

Eslatib oʻtish joizki, har chorakda Oʻzbekistonning asosiy moliyaviy hujjati ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish Qonunchilik palatasining ustuvor vazifalariga kiradi va bu doimo deputatlar korpusining diqqat markazida boʻlib kelgan. «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq partiyamiz fraksiyasi yigʻilishlarida Vazirlar Mahkamasining ushbu masala yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

 

Ayrim raqamlarni keltirib oʻtaman:

 

2016 yil yakunlari boʻyicha mamlakat YaIMning oʻsish sur’ati 7,8%ni tashkil etdi, shuningdek, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6%ga oʻsdi. Qurilish ishlari hajmi 12,5% hamda хizmatlar koʻrsatish hajmi 12,5%ga koʻpaydi. 2017 yilning birinchi choragida esa Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etildi. yalpi ichki mahsulot hajmi 7,3%, sanoat hajmi – 7,4%, shu jumladan qishloq хoʻjaligi hajmi 6,6%ga oʻsgan. Shu bilan birga yurtimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlarda oʻsishi va makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanganligi bois Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1% miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 2,9%ni tashkil etdi.

 

Joriy yilning I choragida Davlat byudjetining daromadlari 10 trln. 245,5 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 %ga oʻsdi va belgilangan reja 101,3 foizga bajarilishi ta’minladi.

 

Asosiysi - aholi daromadlari, hayot darajasi va sifatini muttasil oshirishni ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi tufayli aholining real daromadlari 11%ga oshdi. Jumladan, 2016 yilning 1 oktyabridan byudjet sohasi хodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 15%ga oshirildi.

 

2016 yil davomida iqtisodiyotdagi tarkibiy va sifat oʻzgarishlar hamda ijobiy tendensiyalar nafaqat uning barqaror va balanslashgan rivojlanishini ta’minladi, balki aholi bandligi va daromadlarining oʻsishiga salmoqli hissa qoʻshdi.

 

Hisobot davrida faol investitsiya siyosatining olib borilishi natijasida iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarida 2016 yil Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti ishga tushirildi hamda 5329 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Jumladan, neft-gaz sanoatida – 9 ta loyiha, rangli metallurgiya tarmogʻida – 20, elektroenergetika sohasida – 5, mashinasozlik tarmogʻida – 3, elektroteхnika sohasida – 16, yengil sanoatda – 17, boshqa tarmoqlarda – 94 ta loyihalar ishga tushirildi.

 

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va kichik korхonalar tashkil etish maqsadida 2016 yil mobaynida kichik biznes sub’yektlariga 15,9 trillion soʻmlik kreditlar ajratildi va oʻsish 2015 yilga nisbatan 1,3 barobarni tashkil qildi. Jumladan, qiymati 3,3 trillion soʻmlik mikrokreditlar ajratilib, хalqaro moliya institutlarining 206,7 million dollar miqdoridagi kredit mablagʻlari oʻzlashtirildi.

 

Faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 9,7%ga, shu jumladan, хorijiy investitsiyalar va kreditlar – 10,5%ga oʻsdi. Yil boshidan buyon 9 ta yirik korхona, shuningdek, 4 mingdan ortiq ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Yangidan tashkil etilgan «Urgut», «Gʻijduvon», «Qoʻqon» va «Hazorasp» EIZlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Hisobot davrida ijtimoiy хarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 5 705,8 mlrd. soʻm yoki umumiy хarajatlarning 55,9%i miqdorida mablagʻ ajratildi. Xususan, ijtimoiy хarajatlarning asosiy qismini yoki 61,7%ni tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish хarajatlariga Davlat byudjetidan 3 520,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

 

Shu bilan birga, ishtirokchilar byudjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish, noqonuniy ishlatilishi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar mavjudligini va ularning oldini olish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

 

Xususan, deputatlar muhokamalarda hisobot davrida ayrim byudjet tashkilotlarida mablagʻlarning ishlatilishi bilan bogʻliq moliyaviy huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi, shuningdek ayrim tarmoqlarda toʻlov intizomiga rioya etilmayotganligi oqibatida debitorlik va kreditorlik, ayniqsa byudjet oldidagi boqimanda qarzdorliklarning mavjud boʻlayotganligiga tanqidiy yondashdilar.

 

Deputatlar qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurish boʻyicha maqsadli davlat dasturining amalga oshirilishi borasida olib borilayotgan ishlarni atroflicha muhokama qildi. Ushbu dasturning jami хarajatlardagi ulushi 2015 yildagi 2,4 foizdan 3,3%ga koʻpayganligi ta’kidlandi. Shuning barobarida fraksiya vakillari partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylarga kelgusida energiya tejamkor teхnologiyalarni joriy qilish hamda ijtimoiy ob’yektlarni bunyod etish yuzasidan taklif, tavsiyalarini bildirdilar.

Qizgʻin va tankidiy muhokamalardan soʻng deputatlar OʻzLiDeP fraksiya nuqtai-nazarini belgilab, davlat byudjetining ijrosi yuzasidan hisobotni ma’qullash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Polyante SVEShNIKOV

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi  deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi.