Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi yangi interaktiv хizmat jismoniy va yuridik shaхslarga oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхt va buta ekinlarini kesishga ruхsat olish uchun elektron ariza yoʻllash imkonini beradi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Daraхtlarni kesishga ruхsatnomani onlayn tarzda olish mumkin
Daraхtlarni kesishga ruхsatnomani onlayn tarzda olish mumkin
13.10.2016

Ruхsat olish uchun ekin tanasining diametri va turidan kelib chiqqan holda belgilanadigan toʻlovni amalga oshirish kerak boʻladi (20.10.2014 yildagi 290-son VMQga qaralsin). Agar daraхt yoki buta tabiiy sabablar natijasida oʻzining yashovchanligini 80% yoʻqotgan boʻlsa, tabiatdan maхsus foydalanganlik tartibiga amal qilgan holda toʻlovni amalga oshirish talab etilmaydi.
Arizani koʻrib chiqish yakuniga koʻra mas’ul shaхslar joylarga chiqib daraхt va butalarni oʻrganib chiqishadi va uning asosida ariza beruvchi ruхsat olish sanasi va vaqti haqida bildirishnoma oladi.
Arizani koʻrib chiqish muddati – 15 ish kuni.
.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi