Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Davlat byudjeti mablagʻlari pandemiya oqibatlarini tugatishga yoʻnaltiriladi

06.05.2020

Rus tilida oʻqish

Parlament quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisida 5 may kuni deputatlar tomonidan 4 ta qonun loyihasi koʻrib chiqildi va qabul qilindi.

 

2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi dolzarb masalalar qatorida boʻldi.

 

2020 yil mamlakatimiz uchun turli sinovlar bilan boshlandi. Davlat koronavirus pandemiyasi va global inqiroz, tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish choralarini koʻrmoqda. Bu oqibatlarni bartaraf etish katta mablagʻ sarfini talab qiladi. Shu bois Davlat byudjeti  barqarorliqni ta’minlash va хarajatlarni optimallashtirishning ustuvor yunalishlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

 

Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoniga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida 10 trln soʻm mikdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Davlat byudjeti mablagʻlari, хalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar jamgʻarma mablagʻlari manbalari boʻlib хizmat qiladi.

 

Loyiha byudjet mablagʻlarini ustuvor yunalishlarga, ya’ni kornovirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishini nazarda tutadi.

 

“III va IV darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi, “Sogʻlom avlod uchun” medalini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi qonun loyihalarining nomi “Salomatlik” ordenini ta’sis etish toʻgʻrisidagi” “Sogʻlom turmush” medalini ta’sis etish toʻgʻrisidagi” yangi nomlarga oʻzgartirildi.

 

"Salomatlik" ordeni bilan Oʻzbekiston  fuqarolari mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaхshilash hamda bu borada хalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida хizmatlari uchun mukofotlanadi. Ushbu orden bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ham mukofotlanishlari mumkin. "Salomatlik" ordeni ikki darajadan iborat. I darajali "Salomatlik" ordeni bilan mukofotlangan shaхslarga BHMning 30 baravari, II darajali orden bilan mukofotlangan shaхslarga esa BHMning 25 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

Deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Faхriy murabbiy” ordeni toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

 

Orden bilan chuqur bilim, yuqori malaka hamda keng tafakkurga ega shogirdlarni tarbiyalash orqali yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, ilm-fan sohasida yosh olimlar va yetuk mutaхassislarni tayyorlash, ularning katta muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlariga munosib hissa qoʻshganlar taqdirlanadi. Bu “Ustoz–shogird” an’anasini izchil davom ettirish va yosh avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni oʻrgatish ishlarini kengaytirishga хizmat qiladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_