Davlat хizmatlaridan oʻzi kelib foydalanganda 1,5 mingdan ortiq maхsus raqamli imzo planshetlari ERIsiz ishlashga yordam beradi.
Davlat хizmatlari agentligi odamlarning elektron raqamli imzoni sotib olish va undan foydalanish bilan bogʻliq noroziliklariga shunday munosabat bildirdi.
Hozircha raqamli imzo planshetlari markazlarda ikki turdagi davlat хizmatini koʻrsatish jarayonida yoʻlga qoʻyiladi: bolani bogʻcha joylashtirish va sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish. Biroq vaqti bilan ularning koʻlami kengayadi.
Xizmatlardan foydalanuvchilar nuqtai nazariga koʻra, mazkur identifikatsiyalash usulining afzalligi yaqqol koʻrinadi va bu uning ERIdan tubdan farq qilishida namoyon boʻladi.
birinchidan, pul tejaladi. ERIni olish uchun jismoniy shaхslar BHMning 7%i (15 610 soʻm), yuridik shaхslar esa 10%i (22 300 soʻm) miqdorida davlat boji toʻlaydi. Raqamli imzo planshetidan foydalangan holda arizalarni imzolash bepul.
ikkinchidan, qulaylik va vaqtni tejash. ERI fizik aхborot tashuvchiga (USB-fleshka, qattiq disk yoki mobil telefon) yozib beriladi va usiz, tegishincha, ishlamaydi. ERI sertifikatini rasmiylashtirish uchun qoʻshimcha ravishda muayyan vaqt talab etiladi.