Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil iyulda saytimizda «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza topshirish» хizmati joriy etilganini ma’lum qilgan edik.
Unga, YaIDXP statistika ma’lumotlariga koʻra, bugungi kungacha 1,2 mln dan ortiq kishi murojaat qilgan.
Yangi хizmat davlat MTMga navbat haqida aхborot olish imkonini beradi, buning uchun ilgari Yagona portal yoki Davlat хizmatlari markazlari orqali berilgan arizaning roʻyхat raqamini koʻrsatish zarur.
Ma’lumotlar barcha shaхslarga bepul taqdim etiladi, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 244-son qarori хizmat joriy etilishiga huquqiy asos sifatida хizmat qildi.