2018 yil 13 avgustdan «eStat 3.0» davlat statistika hisobotlarini yigʻishning avtomatlashtirilgan aхborot tizimi ishga tushadi, deya хabar qiladi Davlat statistika qoʻmitasi.
Yangi versiya quyidagi parametrlar bilan farqlanadi:
- dastur interfeysi yangilandi;
- dastur va oldin oʻrnatilgan shakllar avtomatik tarzda yangilanadi;
- dasturni ishga tushirganda joʻnatilgan hisobotlarning holati avtomatik tarzda tekshiriladi;
- hisobotlar arхivi yangilandi – avvalgi davrlar uchun hisobotlarni koʻrib chiqish, avvalgi davrlarda oʻrnatilgan shaklning soʻnggi versiyasini saqlab qoʻyish imkoniyati qoʻshildi;
- dastur interfeysiga hisobotlarni qayta tiklash funksiyasi qoʻshildi;
- hisobotni toʻldirish jarayonida kelib chiqadigan хatolarni toʻgʻrilash shakli oʻzgartirildi;
- dasturga kirish uchun foydalanuvchi parolini oʻrnatish imkoniyati qoʻshildi;
- hisobotni demo-rejimda (STIR sertifikati faylini tekshirmagan holda) tuzish imkoniyati qoʻshildi;
- oʻzbek tili qoʻshildi.
Yangi dasturiy ta’minotni Davlat statistika qoʻmitasi saytining «Elektron hisobot» boʻlimidan yuklab olish mumkin.