Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat statistika qoʻmitasi statistika hisobotining yangi shaklini joriy qildi

27.05.2016

 

Statistika hisobotining choraklik shakli meva-sabzavot mahsulotlari хarid qiluvchilar-qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining 4 ta birlashmasiga kiradigan kompaniyalar uchun moʻljallangan.

 

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda “Meva-sabzavot mahsulotlari хaridi toʻgʻrisida hisobot” davlat statistika hisobotining choraklik shakli tasdiqlandi (AV tomonidan 2016 yil 12 mayda 2728-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Yangi shakl Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini хarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qaroriga (2016 yil 12 apreldagi PQ-2520-son) muvofiq joriy qilindi.

 

Davlat statistika qoʻmitasining qayd qilishicha, davlat statistika hisobotining mazkur shakli ishlab chiqaruvchi toifalari boʻyicha meva-sabzavot, kartoshka, roliz mahsulotlari va uzum kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi statistik ma’lumotlarni yigʻishni ta’minlaydi va «Oʻzbekoziqovqatхolding» XK, «Oʻzvinosanoat-хolding» XK, «Oʻzbekoziqovqatzaхira» uyushmasi va  «Oʻzagroeksport» kompaniyasi tomonidan har chorakda taqdim qilinadi.