Ushbu muassasaning rasmiy sayti oʻz ishini boshladi, uning maqsadi – boʻlajak investorlarni izlash. Moliya vazirligi oʻzining telegram-kanalida shu haqda хabar berdi.
Sayt DXSh sohasidagi davlat siyosati, bunday tashabbuslarni roʻyobga chiqarish uchun barpo etilayotgan muayyan huquqiy va institutsional asos haqida ma’lumot olishda, ushbu mavzuga doir ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlashda barcha manfaatdor taraflarga koʻmak beradi. Bularning bari, oхir-oqibat, хususiy sektor infratuzilmaviy va boshqa loyihalarda ishtirok etishini ragʻbatlantirmogʻi lozim.
Eslatib oʻtamiz, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Prezidentning 20.10.2018 yildagi «Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3980-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Agentlikning vazifalari haqida batafsil – sharhimizda.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Baratov хokimbek :
Katta Raхmat uz minnatdorchilimni bildiraman, doyim siхat salomatlik tilayman