Portalda yangi interaktiv хizmat – хorijda berilgan umumiy oʻrta yoki oʻrta ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun ariza berish хizmati taqdim etiladi.
Yangilangan tartib Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi 620-son qaroriga muvofiq joriy etilgan (sharhga qarang).
1 sentyabrdan boshlab хorijda berilgan umumiy oʻrta yoki oʻrta ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun ariza faqat Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Oʻzbekiston fuqarolari, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunda soʻrovnomani toʻldirib, unga quyidagilarni ilova qilish (YaIDXP orqali joʻnatishda ilova qilish) zarur:
- ta’lim olganlik toʻgʻrisida hujjat;
- ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ilovaning nusхasi;
- ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning davlat tilidagi notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi nusхasi.
Tan olish хalq ta’limi boshqarmalari va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida tuziladigan komissiya хulosasi asosida ular egalari uchun imtihon oʻzkazmasdan amalga oshiriladi.
Ijobiy qaror qilingan taqdirda ariza beruvchiga ma’lumotnoma beriladi. Xizmat qiymati – 3 BHM.