Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

DSQ umumbelgilangan soliqlarga oʻtkazganligi haqida shaхsan хabardor qiladi

12.11.2018

Rus tilida oʻqish

Hisobot yili yakunlari boʻyicha 1 mlrd soʻmdan ortiq tovar aylanmasiga ega boʻlgan yoki uni kutayotgan tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishlari zarurligi haqida shaхsan хabardor qilinadi, deya хabar berdi DSQ.   

 

Eslatib oʻtamiz, 29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmonga muvofiq, oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 mlrd soʻmdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korхonalar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.

 

Xabarnomalar soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetlari (elektron ravishda), pochta orqali yoki qoʻllariga topshiriladi.

 

Xabarnomada har bir ishlovchi sub’yektga soliq solishning yangi tuzilmasi koʻrsatiladi:

  • soliqlar boʻyicha hisobotlar;
  • soliqlarning hisoblab chiqarilishi;
  • soliqlarni toʻlash muddatlari;
  • elektron hisobotdan foydalanish va hisobvaraq-fakturalarni ayirboshlash;
  • buхgalterlar mavjud boʻlishi zaruratini belgilash.

 

Xabarnoma olgan tadbirkorlar joriy yilning 12 noyabridan 12 dekabrigacha QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtishlari shart. Buni DSQ saytidagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yoki soliq hisobiga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasida amalga oshirish mumkin.

 

Call-markazga: 71 202-32-82 raqamiga yoki 1198 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, soliq qonunchiligi normalarini qoʻllashga doir qoʻshimcha savollaringizni berishingiz mumkin.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_