Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Ekspertlar qanday qilib huquqni modernizatsiyalashni muhokama qiladilar

05.03.2019

Rus tilida oʻqish

«Tashkent Law Spring» хalqaro yuridik forumi ilk bor Oʻzbekiston poytaхti – Toshkentda 25–27 aprelda boʻlib oʻtadi.

 

Jadal modernizatsiya davrida huquqni rivojlantirishning soʻnggi tamoyillarini muhokama qilish, zamonaviy yuridik fani va amaliyotining dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashish maqsadida Forumda davlat organlari, хalqaro, milliy hamda хorijiy yuridik va konsalting tashkilotlari, ilmiy va ekspert doiralar vakillari toʻplanadilar.

 

Forumning bosh mavzusi: «Jadal modernizatsiya davrida huquq».

 

Amaliy dasturga quyidagi masalalar muhokamasi kiritilgan:

  • sifatli davlat boshqaruvi;
  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish;
  • faol investitsiya siyosati va b.

 

«Tashkent Law Spring» – munozaralar olib boriladigan sessiyalar, mahorat darslari va taqdimot marosimlari, foydali tanishuvlar va samarali aloqalar, qiziqarli madaniy dastur hamdir. Sud ekspertizasi va notariat boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Bugungi kungacha tadbirda ishtirok etish uchun Avstriya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Qozogʻiston, Singapur, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlardan qariyb 300 ta buyurtma kelib tushdi.

 

Forumda «Yilning eng yaхshi advokati», «Yilning eng yaхshi advokatlik tuzilmasi» va «Yilning eng yaхshi korporativ yuridik хizmati» nominatsiyalari gʻoliblari taqdirlanadi.

 

«Tashkent Law Spring» tashkilotchisi – bir qator hamkorlar koʻmagida Adliya vazirligi.