Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Ekspertlar Oʻzbekistonni uzoq muddatli rivojlantirish Strategiyasini muhokama qiladilar

29.01.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 5-6 fevral kunlari «Oʻzbekiston 2035» II хalqaro forumi boʻlib oʻtadi, deya хabar qiladi OʻzA.

 

Forumda «Buyuk kelajak» kengashi ekspertlari tomonidan Oʻzbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishga moʻljallangan uzoq muddatli Strategiya Konsepsiyasi loyihasining muhim iqtisodiy va siyosiy yoʻnalishlari haqidagi ma’ruza taqdim etiladi.

 

Ayni paytda manfaatdor idoralar «Buyuk kelajak» XNNT (MNNO) saytining «Tadbirlar» boʻlimida konsepsiya loyihasi materiallari bilan tanishishlari mumkin.

 

Forumdan soʻng konsepsiya loyihasi kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda qayta ishlanadi va qoʻshimchalar kiritiladi hamda aholi keng qatlami orasida, ekspert-tahlilchilar davrasida, davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari oʻrtasida jamoatchilik eshituvlaridan oʻtkaziladi. Natijalarga koʻra, hukumatga taqdim etish uchun hujjatning yakuniy versiyasi tayyorlanadi.