«Oʻzbekenergo» AJ oʻz rasmiy saytida shu haqda хabar berdi.
Jarayon 2019 yil 11 fevraldan tiklandi. 2017 yil 1 yanvardan «maхsus koʻrsatma» berilguniga qadar elektr energiyasidan qarzdorlarga penya hisoblanmayotgan edi, deb yozadi Gazeta.uz.
Eslatib oʻtamiz, maishiy iste’molchilar iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdor boʻlganda, toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1%i miqdorida, lekin muddati oʻtgan toʻlov summasining 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar (Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari. OʻzR VMning 12.01.2018 yildagi 22-mon qaroriga 1-ilova).
2019 yil 1 yanvardan keyin elektr energiyasini hisobga olish pribori koʻrsatkichlari yozib olinganidan va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblardan soʻng, shuningdek belgilangan tartibda kiritilgan oldindan toʻlov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab maishiy iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik summasidan penya undiriladi.