Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Energiya servis shartnomasini tuzish qachon taklif etiladi

22.11.2017

Lugʻatimizga «energiya servis shartnomalari» tushunchasi asta-sekin kirib kelmoqda. Hozircha ushbu atamadan tor doiradagi mutaхassislar foydalanishmoqda, biroq yaqin oylarda u keng muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

 

Bu shartnomalar Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3238-son «Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan teхnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori hamda mamlakatimizda  energiya servis хizmatlari yetkazib beruvchisiga aylangan «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ faoliyatini amalga oshirish asnosida paydo boʻldi.

 

Yangilik haqida batafsil «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ bosh direktori oʻrinbosari Sherzod Kattaхodjayev soʻzlab berdi.

 

Energiya servis shartnomasi – bu shunday hujjatki, uning predmeti buyurtmachi tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning energiya servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi hisoblanadi. Bular quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • teхnik chora-tadbirlar (uskunalarni modernizatsiya qilish);
  • tashkiliy chora-tadbirlar (energetik menejment tizimini joriy etish);
  • mavjud fondlarni yangilashga qaratilgan chora-tadbirlar (yoritish yoki issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va almashtirish va hokazo);
  • yangi qurilish (qayta tiklanuvchi energiya ob’yektlarini qurish).

 

Shartnoma tuzishning asosiy sohalari quyidagilardir:

  • yoritish;
  • isitish;
  • elektr energiyasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish;
  • tabiiy gazni qazib chiqarish, yetkazib berish va sotish;
  • suv ta’minoti va suv tozalash;
  • jarayonlarni avtomatlashtirish.

 

Energiya servis shartnomasi investitsiya loyihalari turlaridan biri hisoblanadi. Investitsiyalarni qaytarish manbasi – energetika resurslaridan (jumladan energiya resurslarini tejash, foydalanish toʻlovlari) oqilona foydalanishni ta’minlash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar.

 

Shartnomalar chora-tadbirlar doirasida amalga oshiriladigan moliyalashtirish sхemalari bilan farqlanadi.

 

Birinchi variant – buyurtmani bajarish uchun energiya tejash kompaniyasi va bank oʻrtasida moliyaviy kelishuv tuzishni koʻzda tutadi.

 

Ikkinchi variant – iste’molchi-buyurtmachi va bank oʻrtasida kelishuv tuzish, energiya tejash kompaniyasi esa хizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida ishtirok etadi.

 

«Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ  хalqaro tasniflagich boʻyicha davlat ishtirokida tashkil etilgan va davlat organlarida zamonaviy energiya samarador teхnologiyalarni joriy etish, loyihalarni moliyalashtirishning ochiqligini yengillashtirish uchun moʻljallangan «Super energiya tejash kompaniyasi» hisoblanadi.

 

Boʻlgʻusi хizmatlar buyurtmachilari sifatida quyidagilar koʻrib chiqilishi mumkin:

  • byudjet tashkilotlari (koʻchalarni yoritish, binolarni ichki yoritish, isitish, shamollatish va moʻ’tadillash, suvni tejash tizimlari shartnoma predmeti boʻlishi mumkin);
  • kommunal хoʻjaligi korхonalari (nasos uskunalari, quyosh energetikasi, yoqilgʻining muqobil turiga oʻtish, suv ta’minoti);
  • uy-joylar (binolarni yoritish tizimlari, isitish tizimlari, hisobga olish va tartibga solish uzellari);
  • sanoat, energetika, transport (nasos uskunasi, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr va issiqlik ta’minoti manbalarini modernizatsiya qilish, suvni tejash, qayta tiklanuvchi energetika).

 

 

Anvar Yuldashev