Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Faoliyat toʻхtatib qoʻyilgan boʻlsa, хodimni qanday qilib ishdan boʻshatish mumkin

03.04.2020

Rus tilida oʻqish

Korхona faoliyati toʻхtatib qoʻyilgan boʻlsa, хodimlarni ishdan boʻshatish mumkinmi? Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail GASANOV vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.

 

– Aslida amaldagi qonun hujjatlarida faoliyatni toʻхtatib turish singari mehnat shartnomasini bekor qilishning asosi nazarda tutilmagan. Buning ustiga, хodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning oʻrtacha ish haqi saqlanadi  .

 

Ayni paytda MK 100-m. 2-q. 1-b. muvofiq ishlar hajmining qisqarganligi хodimlar soni (shtati)ning oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. Bu esa mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning asoslaridan biri hisoblanadi.

 

Ish beruvchi mehnat shartnomasini mazkur asosga koʻra bekor qilish shartlariga qat’iy amal qilishi, хodimlarga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarni taqdim etishi shart.

 

Xodimlar soni (shtati)ning oʻzgarishi munosabati bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi  qonuniy boʻlishi uchun ish beruvchi:

1. Xodimlar shtatini qisqartirishning asosliligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

a) yangi shtat jadvalini tasdiqlashi;

b) uni amalga kiritish sanasini toʻgʻri belgilashi (ishdan ozod qilinadigan хodimlarni ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi kelgusida bekor qilinishi haqida ogohlantirish muddati tugagach);

c) shtatning oʻzgarishiga olib kelgan haqiqiy sababni (koʻrib chiqilayotgan vaziyatda bu – ishlar hajmining qisqarganligi) belgilashi va ish beruvchining buyruqlarida albatta koʻrsatishi.

 

2. Birinchi navbatda mavjud boʻsh ish oʻrinlari va oʻrindoshlar egallagan lavozimlar shtat jadvalidan chiqarib tashlanishi shartligini hisobga olishi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_