Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Foizsiz qarzlarga soliq solinadimi?

03.09.2015

Soliq toʻlovchilar uchun bu savol aslo nazariy emas, bir necha yildan beri qizgʻin munozaraga chorlayapti. Qonunchilikdagi noaniqliklar bahsga zamin yaratmoqda.

 

Muammo «Qarz oluvchi foiz toʻlamasa, unga soliq toʻlash majburiyati yuklanadimi?» materiallar toʻplamida («SBX»ning 01.03.2012 yildagi 10 (918-soni) batafsil bayon etilgan. Materialda soliq qonunchiligini monitoring qilish va uni takomillashtirish uchun mutasaddi organlar va tashkilotlar хodimlariga murojaat qilingandi.

 

 

Afsuski, ahvol oʻsha-oʻsha. Mutaхassislar bahslashyaptilar. Nafaqat tashqi ekspertlar, balki soliq organlari хodimlari oʻrtasida ham bu borada yagona fikr yoʻq.  Normalarga aniqlik kiritilmadi. Shu bilan birga soliqni ushlashni davom ettirib, mavjud normalarga amal qilinayapti hamda normativ koʻrsatmalarni oʻz hollaricha tushunib, qonun-qoidalar noaniqliklar bilan toʻldirilmoqda.

 

 

"Hisoblab yozilmagan foizlardan soliq toʻlanadimi?.." nomli materialda (SBX»ning 01.09.2015 yildagi 35 (1099-soni) bu savollarni yana bir bor koʻtarib, tahririyat ogʻriqli muammoga mutasaddilarning e’tiborini tortishga umid qiladi hamda munozarani davom ettirishga mutaхassislar va tadbirkorlarni  taklif etadi.

 

 

Natija qanday boʻlmasin: mazkur holatda soliq undirishni asossiz deb hisoblaydilarmi yoki, aksincha, foizsiz qarzni soliq solinadigan daromad jumlasiga kiritadilarmi, har holda normativ koʻrsatmalar aniqlashadi. Demak, soliqchi va soliq toʻlovchilarning munosabatlaridagi yana bir anglashilmovchilikka barham beriladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_