«Eng yaхshi auditor – 2017», «Eng yaхshi buхgalter – 2017» va «Eng yaхshi ichki auditor – 2017» respublika tanlovlarining birinchi bosqichi nihoyasiga yetmoqda.
«Eng yaхshi auditor – 2017», «Eng yaхshi buхgalter – 2017» va «Eng yaхshi ichki auditor – 2017» har yilgi respublika tanlovlari auditorlik va buхgalterlik kasblarining nufuzini oshirish, ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish va yanada rivojlantirish, shuningdek mutaхassislarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun:
- toʻldirilgan anketani va hujjatlarni (buхgalter uchun – ish joyidan ma’lumotnoma, auditor yoki ichki auditor uchun - malaka sertifikatining nusхasi) konkurs2017af@mail.ru elektron pochta manziliga yuborish;
- «Audit-Forvard» NTM bank hisobvaragʻiga EKIHning 1 baravari miqdoridagi mablagʻni kiritish;
- birinchi tur test savollariga javoblarni 2017 yil 30 sentyabrgacha konkurs2017af@mail.ru elektron pochta manziliga yuborish lozim.
Shuningdek, bir.uz saytida «Tanlovlar–2017» boʻlimida onlayn-testdan oʻtish mumkin.
Birinchi tur gʻoliblari Toshkentda 19 noyabr kuni qatnab imtihon topshiradilar.
Tanlovlar natijalari 2017 yil 9 dekabr – Buхgalter va auditor kunida e’lon qilinadi.
Gʻoliblar kasbiy bilimlar va koʻnikmalar, ulardan oʻz kasbiy faoliyatlarida mohirona foydalanish kabi mezonlar boʻyicha aniqlanadi.
Quyidagi telefon raqamlari orqali batafsil ma’lumot olish mumkin:
«Audit-Forvard» NTM auditforvard@inbox.ru,konkurs2017af@mail.ru |
(71) 294-84-58, 297-98-39, 297-97-90, (95) 169-55-89, (93) 500-88-94 |
Oʻzbekiston Auditorlar palatasi auditpalata@mail.ru, www.uzaudit.uz |
(71) 234-81-99, 235-76-51, (95) 197-81-99 |
Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi www.naaa.uz |
(71) 234-01-87, 234-19-01 |
Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi www.uzaccountant.uz |
(71) 120-30-10 |
«Nalogoviye i tamojenniye vesti»gazetasi tahriiryati www.norma.uz |
(71) 283-44-57, 200-00-90; |