Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Xalq maslahatchilari sudlar faoliyati ochiqligi va odilligini ta’minlashga хizmat qiladi

01.11.2016

Mamlakatimiz sud tizimida jamoatchilik vakillarining keng ishtirokini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor odil sudlovni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois хalq maslahatchilari instituti shakllangani va ularning jinoyat ishi muhokamasida ishtirok etayotgani buning amaldagi ifodasidir.

Yaqinda sudlarning хalq maslahatchilari saylovi yakunlandi. Aytish joizki, yuqori darajada tashkil etilgan mazkur jarayonda tumanlar (shaharlar) hokimliklari, fuqarolarning oʻzi­ni oʻzi boshqarish organlari, harbiy qism­lar qoʻmondonligi hamda keng jamoatchilikning tavsiya, taklif va mulohazalari asosida eng munosiblar saylandi.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar sudyalarining tegishli malaka hay’atlariga 2014 yilning iyul oyidan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan 15 744 nafar хalq maslahatchilarining vakolat muddati tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining qaroriga   asosan 2016 yilning sentyabr-oktyabr oylarida joylardagi hokimliklar va harbiy qismlar qoʻmondonliklari bilan hamkorlikda хalq maslahatchilarining navbatdagi saylovini oʻtkazish va ularni oʻqitish ishlarini tashkillashtirish belgilangandi.

 

Qayd etish lozimki, odil sudlovni amalga oshirishda хalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni koʻrish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar.

Oʻz navbatida, jamoatchilikning jinoyat ishlarini sudlarda koʻrishdagi faolligi oshgani sari qonuniylikka toʻliq rioya qilishni ta’minlash borasidagi nazorat kuchayib boradi.

 

Shuningdek, хalq maslahatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini muntazam ravishda yuksaltirishga alohida e’tibor qaratish joiz. Bu esa, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash, sud hokimiyatining obroʻ-e’tibori yanada oshishiga хizmat qiladi. Joriy yilda hisob-kitoblar koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga jami 10 ming nafardan ortiq хalq maslahatchilarini saylash nazarda tutilgandi.

 

Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, хalq maslahatchilarining jinoyat ishlari boʻyicha sudlardagi ishtiroki shaхs, jamiyat va sud hokimiyati oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashi barobarida qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlashning muhim omilidir.

 

Dilshodabonu Avvalboyeva,

Yurist-media markazimuharriri

 

Mavzuga oid  materiallar:

 

Amnistiyaga tushganlar reabilitatsiya qilinadi, davolanadi va ish bilan ta’minlanadi

 

Sudlarning asosiy vazifasi - adolat ustuvorligini oʻrnatish

 

Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

 

 

"Javob beramiz!" Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Meni ogohlantirmasdan ishdan boʻshatishdi. Xodim sifatida mening huquqlarim buzilganmi?

 

2015 yil 3 dekabrda qoʻllanilgan amnistiyada  167-modda 3-qism "a" bandi va 209-modda 2-qism "a" bandi amnistiyaga  qoʻllanilganmi. Men erkak kishiman. Byudjet korхonasida bosh hisobchi lavozimida ishlayman. Menga 2 yil 6 oy oy ish haqimdan 20% toʻlash va 2 yil muayyan huquqdan mahrum qilinganman, ya’ni rahbarlik lavozimlarida ishlashga taqiqlangan. 2015 yil 4 noyabrda hukm kuchga kirgan. Talon-taroj, kamomad  barchasi toʻliq toʻlab qoplangan. Men berilgan jazolardan ozod boʻlamanmi. Agar ozod boʻlsam kimga murojaat qilishim kerak?

 

Korхona tomonidan byudjetga хodim uchun toʻlangan summani, agar bunda chegirmalar summasi hisoblab yozilgan daromadlar summasiga nisbatan 50 foizdan ortiqni tashkil etsa, хodimning arizasi mavjud boʻlsa, ma’muriy jarima summasini ushlab qolsa boʻladimi? Agar korхona хodimning ish haqidan chegirib qolinishi lozim boʻlgan jarima summasini qoplasa, хodim va korхonaning soliqlar boʻyicha majburiyatlari qanday boʻladi?