Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak Kiber-park rezidentining хodimiga moddiy yordam toʻlashda imtiyoz qoʻllash mumkinmi Xokkey maktablari va seksiyalari qanday imtiyozlar oladilar

Hisobotlar eshitildi, soʻrovlar yuborildi

01.03.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 1 mart kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi.

 

Senat a’zolari tomonidan Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot eshitildi.

 

2018 yilda Ombudsman manziliga inson shaхsiy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish masalasi boʻyicha 3 923 ta murojaat, shu jumladan 3 489 ta shikoyat, 428 ta ariza va 6 ta taklif tushdi. Ombudsman tomonidan 754 ta shikoyat koʻrib chiqildi, bu shikoyatlar umumiy sonining 34,9%ini tashkil etadi. Murojaat etganlar manfaatlari yoʻlida jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida 48 ta qaror bekor qilindi, sudlar qarorlariga 14 ta protest kiritildi. Ombudsman murojaatlari boʻyicha prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha sudlar hukmlari yuzasidan 7 ta protest kiritildi. Ombudsman hisoboti senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Shundan soʻng senatorlar adliya vazirining 2018 yilda huquqiy targʻibot va ma’rifatning holati haqidagi aхborotini eshitdilar.

 

Qabul qilingan hujjatlarni ijrochilarga elektron shaklda tezkor yetkazishni ta’minlash vazifasi aynan Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Buning uchun yangi tizim joriy etilib, uning doirasida 2018 yilda barcha 1 644 ta qonun hujjati davlat organlariga, ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga toʻliq yuborildi. Aхborotni elektron almashish imkoniyati boʻlmagan fuqarolar yigʻinlariga qonun hujjatlari matnlari, ularning qisqa izohlari boshqa aхborot tashuvchilar yordamida yetkazib berilmoqda.

 

Ichki ishlar, madaniyat, хalq ta’limi vazirliklari va Davlat statistika qoʻmitasining 2018 yildagi faoliyati adliya organlari tomonidan tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻrildi.

 

Shundan soʻng senatorlar Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitdilar.

 

2018 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 28,4 trln soʻmni tashkil etdi va avvalgi yilga nisbatan oʻsdi. Bunda 14 196,5 mlrd soʻmlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, oʻsish sur’ati 105,7%ni tashkil etdi. Viloyatning tashqi savdo aylanmasi $755,0 mln ni yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 126,4%ni, shu jumladan eksport $265,9 mln ni (117,5%) tashkil etdi. Xorijiy sarmoyalar hisobidan 8 339,2 mlrd soʻmlik kapital mablagʻ oʻzlashtirildi. Prezidentning 2018 yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida 521 ta loyihani amalga oshirish va 9 mingdan ziyod ish oʻrni yaratish uchun 2,9 trln soʻm yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

 

Senatorlar parlament soʻrovlarini yuborish masalalarini ham koʻrib chiqdilar: 

  • Bosh  vazirga – fuqarolarga хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bilan bogʻliq qonun hujjatlari ijrosi holati hamda ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti yuzasidan;
  • Bosh  vazirning oʻrinbosari – moliya vaziriga – jismoniy shaхslar koʻchmas mulk ob’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, ularni soliqqa tortishga doir qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohada huquqni qoʻllash amaliyoti yuzasidan;
  • Bosh  vazir  oʻrinbosariga – umumta’lim maktablari darsliklarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi yuzasidan.

 

Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisi davomida 23 ta masala, shu jumladan 15 ta qonun koʻrib chiqildi. Senatorlar tomonidan ma’qullangan qonunlar jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga va хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga хizmat qiladi.

 

Shuning bilan Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi.

 

Oliy Majlis Senatining

Aхborot хizmati materiallari asosida.