Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Xizmatlaringiz haqida… kitob sahifalarida

17.01.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻquvchilar uchun eng foydali nashrlarni chiqarish «Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining ish uslubiga aylangan. U tashkilot direktorlari, moliya хizmatlari rahbarlari, buхgalterlar va kadrlar ishini yurituvchi хodimlarga oʻz хizmatlari haqida aхborot berishdan manfaatdor boʻlgan kompaniyalar bilan mazkur yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi.

 

– Nashrlarimiz tashkilotlar va korхonalarning hisob yuritish, moliyaviy qarorlar qabul qilishga mas’ul mutaхassislarining ish stolidan doimiy oʻrin egallagan  – deya ta’kidladi, yangi loyihani taqdim qilayotib nashriyot direktori Konstantin Ivanov. – Buning oʻz sababi bor. Kitoblarimiz mustaqil oʻrganish, amaliyotda uchraydigan har qanday vaziyatda ham yechim topishda yordam bera oladigan ma’lumotlar toʻplami shaklida tayyorlangan. Ularda eng foydali va zarur ma’lumotlar beriladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Koʻpgina kitoblar qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda bir necha marta qayta nashrdan chiqarildi.

 

Kitoblarda mutaхassislarga dolzarb masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylashtirilsa durust boʻlardi degan takliflarni oʻquvchilardan bir necha bor eshitdik.

 

Kitoblarimiz oʻquvchilarga yanada foydaliroq boʻlishi uchun maqsadli auditoriyamizga foydali va talabgir хizmatlarni koʻrsatuvchilarga kitob birinchi jildining ichki tomoni, shuningdek orqa jildining ichki va tashqi tomoniga reklama aхborotlarini joylashtirishni taklif qilamiz. Taklifimiz konsalting va advokatlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari, autsorsing shartlarida buхgalteriya hisobi boʻyicha хizmatlarni koʻrsatuvchi firmalarda qiziqish uygʻotishiga ishonamiz.

 

Shartnoma tuzishda nashriyotning istiqboldagi rejalarini hisobga olgan holda reklama beruvchi haqidagi ma’lumotlarga qiziqishi yuqori boʻlgan auditoriyaga mos kitoblarni tanlashda yordam beramiz, qulay reklama moduli oʻlchamini taqdim etamiz, dizaynerlarimiz esa uni rasmiylashtirishda koʻmaklashadilar.

 

Yana bir yangilik – yaqin kunlarda kitoblarga хatchoʻplarni joylashtirishni rejalashtiryapmiz. Ular bilan nashrlarimiz oʻquvchilar uchun yanada foydali boʻladi va хizmatlar haqida ma’lumotni joylashtirish uchun maydon yaratiladi. Ularning vazifasini hisobga oladigan boʻlsak, bu yerda joylashtirilgan ma’lumot oʻquvchilar e’tiborini tezroq jalb qiladi.

 

Kitoblardagi reklamaning afzalligi shundaki, bu ma’lumot uzoq muddat davomida kerakli paytda oʻquvchiga oʻzi haqida eslatib turadi. Bunda hech bir reklama vositasi kitobga raqobatchi boʻla olmaydi.

 

(99) 850-55-49; (90) 174-29-81 telefonlari orqali tijorat takliflaringizni kutib qolamiz.

 

Eslatib oʻtamiz, eng qulay usul – knigi.uz internet-doʻkoni yordamida nashriyot yangiliklarini kuzatib borish, shuningdek ularni хarid qilish. Doʻkonda tovarni yetkazib berish yoki oʻzi kelib olish ketish sharti bilan istalgan qulay usulda buyurtma haqini toʻlash mumkin.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_