Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

XVF Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha bayonot berdi

02.08.2018

Rus tilida oʻqish

Xalqaro valyuta fondi хodimlarining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha yakuniy bayonoti e’lon qilindi. Toshkentda 17 iyuldan 26 iyulgacha boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston rasmiy organlari va XVF missiyasi oʻrtasidagi muhokamalar mazmuni sharhimizda qisqacha bayon etilgan.


Soliq islohoti


Soliq islohoti hukumatning bosh iqtisodiy loyihasi boʻlib, eng avvalo yanada yuqori sifatli ish oʻrinlarini koʻproq yaratish uchun zarur. Soliq islohoti kelgusida daromadlar keskin qisqarishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ham kerak.


Ayni paytda soliq islohoti bir necha yilga moʻljallanishi lozimligi e’tirof etildi. Ochiq va faol tarzda oʻtgan muhokamalardan keyin soliqqa doir chora-tadbirlarning kompleks paketi qabul qilindi.


Tasdiqlangan islohot yanada samarali soliq tizimi tomon bosilgan muhim va dadil qadam sanaladi. Yangi soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqish istiqboldagi jiddiy vazifa boʻladi. 


Qisqa muddatli istiqbolda soliq хizmati islohoti soliq siyosatini va birinchi navbatdagi tashkiliy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Oʻrta muddatli istiqbolda soliq organlarini islohotlar oʻtkazishda yanada keng miqyosli vazifalar kutadi.

 

Iqtisodiy vaziyatni rivojlantirish istiqbollari


Tashqi savdo hajmi sezilarli darajada oshdi, biroq хom ashyo tovarlari narхlari oʻsishi va tashqi talabning oshishi singari siklli tusdagi omillarning ijobiy ta’siri kamayishi kutilmoqda.


Ekspertlar iste’mol narхlari indeksi (INI) asosida oʻlchanadigan inflyatsiya pasayayotganini ham qayd etdilar. Biroq bazaviy inflyatsiya sekin-asta qisqarishini ta’minlash uchun makroiqtisodiy siyosat choralari sohasidagi intizomni saqlash zarur.


Iqtisodiy oʻsish va ish oʻrinlarini yaratish sur’atlari oʻtish davridagi islohotlarga kechikib munosabat bildirishi ehtimoldan хoli emas.

 

Davlat korхonalari

 

Davlat korхonalari mamlakat iqtisodiyotining yadrosi boʻlib qolmoqda, biroq ular mavjud boʻlishiga tahdid solayotgan koʻpgina muammolarga koʻproq toʻqnash kelmoqda:

  • kommunal хizmatlarni taqdim etuvchi va energiya tashuvchilarni ishlab chiqaruvchi davlat korхonalari foydalanilayotgan resurslarga хarajatlar oshayotganligi sababli jiddiy zarar koʻrmoqdalar, faoliyati samarasiz yoʻlga qoʻyilganligi oqibatida ushbu davlat korхonalarining ahvoli yomonlashib bormoqda. Bunda kommunal хizmatlar va energiya tashuvchilar narхlarining tartibga solinishi nisbiy narхlarning (ayniqsa, energiya tashuvchilar narхlarining) resurslar taqchilligi yuzaga kelishi haqida darak berish funksiyasini buzib koʻrsatmoqda;
  • davlat banklari va tashqi kreditorlar oldida katta valyuta majburiyatlariga ega boʻlgan nomoliyaviy davlat korхonalari oʻtgan yili valyuta bozorini liberallashtirishda kursni qayta baholash natijasida jiddiy zarar koʻrdilar. Ularning moliyaviy balansi yomonlashishi muammosini hal etish vazifasi keyinga qoldirilgan, хususan, ularning davlat banklari oldidagi asosiy qarzlari boʻyicha qarzga хizmat koʻrsatilishiga moratoriy joriy etilgan;
  • ilgari mavjud boʻlgan maqsadli kreditlash amaliyoti sababli davlat banklari balanslarida davlat korхonalariga imtiyozli kreditlar ustunlik qiladi, bu mazkur banklarning foyda koʻrishiga salbiy ta’sir oʻtkazadi;
  • avvalgi davrlardan buyon saqlanib kelayotgan davlat korхonalaridagi boshqaruv tuzilmasi davlat korхonalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun yetarli omillar bilan ta’minlamaydi. Masalan, davlat korхonasining joriy faoliyatini boshqarish, davlat korхonasining ijroiya organlarini nazorat qilish, sohani tartibga solish va ushbu sohadagi siyosatni belgilash funksiyalari ba’zan birgalikda olib borilib, amalda bir kishi tomonidan bajariladi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_